Ko‘rib, bilib tanlang
Sartaroshxona va usta profili, ishlar galereyasi, xizmat narxlari va manzil — yozilishdan oldin tanishib chiqing.
O‘ZBEKISTON USTALARI BILAN BIR JOYDA
Yaxshi turmak. Yaxshi kayfiyat.Yaqiningizdagi ustani toping, qulay vaqtga yoziling va jonli navbatni kuzating. Hammasi Barberjonda.
iOS va Android · O‘zbekcha (lotin va kirill), ruscha
Yaqinroq tanishing
Sartaroshxona va usta profili, ishlar galereyasi, xizmat narxlari va manzil — yozilishdan oldin tanishib chiqing.
Usta, bir yoki bir nechta xizmat va bo‘sh vaqtni tanlang. Yozilishlaringiz bir joyda saqlanadi.

Ilova ekranlari · Namuna ma’lumotlari
Navbatdagi o‘rningiz va taxminiy kutish vaqtini ilovada ko‘ring. Holat o‘zgarsa, ma’lumot yangilanadi.
Haqiqiy tashriflarga bog‘langan baho va sharhlarni o‘qing. O‘z tashrifingizdan keyin taassurotingizni qoldiring.
Hududingizdagi sartaroshxonalarni ko‘ring. Ishlar, narxlar va mijozlar baholari orqali tanlang.
Xizmat va bo‘sh vaqtni tanlab yoziling. Hozir bormoqchi bo‘lsangiz, jonli navbatga qo‘shiling.
Yozilishingiz tafsilotlari, manzil va navbat holati bir joyda. Hammasini ilovadan kuzating.
YANGI TURMAKKA ILHOM
Tekis chiziqlar, tabiiy tekstura yoki sinovdan o‘tgan klassika. Sizga qaysi biri yarashadi?
Ilhom uchun yaratilgan turmak namunalari.
BARBERJON. O‘ZIMIZNIKI.Bizda yaqin insonning ismiga «jon» qo‘shib murojaat qilishadi. Barberjon ham shu iliqlikni olib yuradi: didingizni tushunadigan, yana qaytgingiz keladigan o‘z ustangiz.
«Ustam» degan so‘zda bir ishonch bor.
Barberjon erkaklar sartaroshxonalari, ustalar va ularning mijozlari uchun. Mijoz sifatida yozilishingiz yoki usta sifatida ishlaringizni boshqarishingiz mumkin. Ilova o‘zbek (lotin va kirill) hamda rus tillarida.
Viloyat va tumaningizni tanlab, Barberjonga qo‘shilgan sartaroshxonalarni ko‘rasiz. Joylashuvga ruxsat bersangiz, masofa bo‘yicha ham saralash mumkin. Tanlov hududingizdagi ro‘yxatdan o‘tgan ustalarga bog‘liq.
Yozilishda oldindan bo‘sh vaqtni tanlaysiz. Jonli navbat esa yaqin vaqtda borishni rejalashtirganlar uchun: unda o‘rningiz va taxminiy kutish vaqti ko‘rinadi. Navbatning mavjudligi ustaning ish holatiga bog‘liq.
Telefoningizga mos do‘kon tugmasini tanlang. Hali nashr etilmagan versiyalar «Tez kunda» deb ko‘rsatiladi. App Store shu holatda bo‘lsa, ochilgan oynadan iOS beta versiyasini TestFlight orqali sinashingiz mumkin.
Barberjonni telefoningizga oling. Yaxshi usta va qulay tashrif doim qo‘l ostingizda bo‘lsin.
Ilova do‘konlarda chiqishga tayyorlanmoqda. Yuklab olish havolalari shu yerda paydo bo‘ladi.